Ateizm
Vikiiqtibos dan
Ateistlar xotirasiga monument, Hipatiya ko'li, Alabama, AQSh. Tasvir Freedom From Religion Foundation jamg'armasidan olingan.
- Balki xudo meni ateist qilib tanlagandir?
- Ateizm shunday yupqa muz qatlamidirki, uning ustidan bir kishi o'tib ketishi mumkin, lekin olomon o'tolmay, g'arq bo'lgay.
- Xudo doim kuchli qo'shinlar tomonidadir.
- Xudosi osmonda bo'lgan odamlardan qo'rqing.
- Men e'tiqodlimanmi? Bu yol'giz Xudoga ayon.
- Stanisław Jerzy Lec
- Xayoliy mavjudotlarga tarqataverish uchun olamda mehr va ezgulik kamlik qiladi.
- Xudoga shukrki, ateistman.
- We are all atheists about most of the gods that societies have ever believed in. Some of us just go one god further.
- Okopda ateist topolmaysiz.
- "Okopda ateist topolmaysiz" argumenti ateizmga emas, okoplarga qarshi argumentdir.
- Dunyoviy maktablar yaramaydi, chunki ularda diniy ta'lim yo'q, zero diniy asossiz berilgan ma'naviy ozuqa pufakdan qurilgan inshoot kabidir; demak, barcha ta'lim-tarbiya e'tiqodga suyanishi lozim; biz e'tiqodli odamlarga muhtojmiz.
- Bu hipotezaga ehtiyoj yo'q.
- Odamsimon Xudo g'oyasi menga antropologik konsept kabi tuyulayapti, men esa buni jiddiy qabul qila olmayman.
- Mening dinim yo'q, va ba'zida men barcha dinlarning dengiz tubida yotishini istardim. Mamlakatni boshqarish uchun dinga ehtiyoj sezgan hukmdor zaifdir; bu o'z xalqini zindonda saqlashdek gap.
- Xudoning quvvati cheksizdir, u nimaiki istasa, albatta bo'lgay; Biroq na odam, na boshqa biror hayvon baxtli emas; demak u hech kimga baxt tilamaydi. Epikur'ning qadimgi savoli hamon javobsiz. Xudo yovuzlikni ham yenga olib, ham uni yengishni istaydimi? U holda yovuzlik nega mavjud?
- Agar ibtidoga qaytsak, shuni ko'rar edikki, rad va qo'rquv xudolarni yaratdi; xayolot, entuziazm va yolg'on ularni bezadi; ojizlik ularga ibodat qildirdi; ishonch ularning tiraniyasini qo'llab, hurmat qilishga undab, odamlarni ko'rlikda ushlab turibdi. Agar tabiatni rad etish xudolarni paydo qilgan esa, tabiatni tanish ularni yo'q etgay.
- Har bir qishloqda mash'ala bor: O'qituvchi. O't o'chirgich ham bor: Ruhoniy.
- So'nggi tosh, so'nggi masjid so'nggi imom ustiga qulamaguncha tamaddun mukammallikka erishmaydi.
- Odamlar ikki turdir:
Miyali, biroq dinsiz,
Dini bor, lek miyasiz. - Xudo sinoatlarni izohlash uchun ixtiro qilingan. Xudo doim siz anglamaydigan narsalarni izohlash uchun to'qib kelingan. Lekin siz ba'zi narsalarning qanday ishlashini bilib olganingizdan so'ng, siz xudoni qonunlar bilan almashtirasiz; xudoga ehtiyoj sezmaysiz. Lekin siz unga boshqa sinoatlarni izohlash uchun muhtoj bo'lasiz. Shunday qilib siz uni olamning yaratuvchisi sifatida qoldirasiz, chunki biz hali bu haqida ko'p narsa bilmaymiz, bu sinoatdir; yoki siz uni fan allaqachon izohlagan, ammo siz bu izohlarni tushunmaydigan paytlarda "chaqirasiz", masalan ruhiyat, yoki hayot davomiyligi va o'lim va hk. Xudo doim siz tushunmaydigan narsalar bilan bog'liq bo'ladi.
- Fanning eng katta ijtimoiy vazifalaridan biri odamlarni irim-sirimdan ozod etishdir.
- Steven Weinberg
- Fanni dinni qo'llab-quvvatlab yoki dinni buzib o'rgatish kerak emas. Fanni dinga e'tibor bermay o'rgatish lozim.
- Steven Weinberg
- Din inson sha'nini haqoratlaydi. U bo'lsa ham, bo'lmasa ham yaxshi odamlar yaxshilik qiladi, yomon odamlar esa yomonlik. Lekin din yaxshi odamlarni yomonlik qilishga unday oladi.
- Steven Weinberg
- "Menga sig'inmasang seni abadul-abad yoqaman." Men azaldan buni ablahlik, deb hisoblab kelaman.
- Odamlar fan diniy qarashlarni yemirishi mumkin, deb xavotirlanib kelishgan. Jin ursin, menimcha ular haq edilar. U diniy qarashlarni yemirarkan va yaxshi narsa ekan.
- Oddiy sog'lom mantiqqa ko'ra men Xudoga ishonmayman.
- Men dunyoqarashini din toraytirmagan va buzmagan aqlli insonlarni kamdan-kam uchratganman.
- Din avom tomonidan haq, donolar tomonidan yolg'on, va hukmdorlar tomonidan foydali, deb topiladi.
- Barcha fikrlaydigan kishilar ateistdirlar.

